English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ta’minoti masalalari muhokama etildi
11:15 / 2024-10-03

“Buxoro suv ta’minoti” AJ direktori M.Amonov Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi, loyiha doirasida faoliyat yuritayotgan Xalqaro loyihachi (Konsultant) vakillari bilan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati hamda kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Hozirda, Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida “Buxoro viloyatining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasining 1-bosqichi amalga oshirilmoqda.  

Mazkur loyiha doirasida Buxoro viloyatidagi 195 ta mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi 1 million 254 ming aholini markazlashgan toza ichimlik suvi hamda 165 ming aholini markazlashgan oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash rejalashtirilgan.  

Yig‘ilishda loyihachilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun aniq rejalar belgilandi. Loyiha hujjatlarini to‘liq ishlab chiqqan holda, qisqa muddatlarda taqdim qilish borasida ko‘rsatmalar berildi.  

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri.