French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv resurslaridan foydalanishda imkoniyatlar oshmoqda
15:01 / 2025-12-24

Bugungi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati korxonalarida raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida bir qator samaradorlikka erishilmoqda.

Jumladan, Sanoat suv ta’minoti boshqarmasining 54-sonli nasos stansiyasida qo‘llanilgan texnologik jarayonlarni vizuallashtirish tizimida ham bir qator ijobiy natijalarga erishildi. Xususan, mazkur tizim tezkor qaror qabul qilish, qog‘oz jurnallaridan voz kechish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish imkonini yaratadi. 

Ushbu tizimni joriy etilishida Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi mutaxassislari tomonidan nasos uskunalarida nazorat-o‘lchov asboblari, manometrlar, harorat datchiklari, kontrollerlar va boshqa uskunalar bo‘yicha montaj-sozlash ishlari bajarilib, maxsus dasturiy ta’minot ishlab chiqildi. 

Hozirgi kunda tizimni yanada rivojlantirish maqsadida har bir nasos bo‘yicha tahliliy ma’lumotlarni kengaytirish hamda Mis boyitish fabrikasi suv rezervuarlari bilan integratsiya qilish ishlari rejalashtirilgan. 

A.Musayev, O‘zA.