Suv qishloq xo‘jaligi va inson hayoti uchun eng muhim resurslardan birdir. Hech kimga sir emas, ayni paytda O‘zbekistonning ayrim hududlarida sug‘orish tizimlari barqaror ishlamaydi, suv sarfi ko‘p va resurslar samarali ishlatilmaydi. Shu sababli suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va subsidiyalar tartibini yangilanmoqda.
2027-yildan boshlab sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasi asosida soliq stavkalari va subsidiyalar miqdori belgilanadi. Bu chora fermer va tadbirkorlarni suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga rag‘batlantirish, suv resurslarini oqilona boshqarish va qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirishga xizmat qiladi.
Prezidentimizning 2026-yil 5-fevraldagi "Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori doirasida 2027-yildan boshlab suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari va subsidiyalar miqdori sug‘oriladigan yer maydonlarining suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab belgilanadi.
Agar sug‘oriladigan yer maydoni suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududda joylashgan va suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo‘lsa, ajratiladigan subsidiyalar 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent bilan hisoblanadi. Agar sug‘oriladigan yer maydoni suv bilan barqaror ta’minlangan hududda joylashib, suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmasa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qo‘llanadi. Shu bilan tadbirkorlar va fermerlar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga rag‘batlantiriladi.
Endilikda, har yili 1-aprelga qadar, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklari bilan birgalikda vegetatsiya davri uchun suv manbalarining ta’minlanganlik darajasi tahlil qilinadi.
Shu tahlil asosida, suv bilan barqaror ta’minlangan, suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududlarda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxati shakllantiriladi va tasdiqlash uchun Xalq deputatlari tuman kengashlariga kiritiladi.
– 2027-yildan boshlab, sholi yetishtiriladigan maydonlarning suv kirish qismiga, baliqchilik xo‘jaligi tashkil etilgan yer maydonlarining suv kirish va chiqish qismlariga tadbirkorlik sub’ektlari o‘z mablag‘lari hisobidan “aqlli” suv o‘lchash va hisoblash vositalarini o‘rnatishi majburiy etiladi, – deydi Soliq qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Ixvoliddin Sultonov. – Agar ushbu vositalar o‘rnatilmagan bo‘lsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda hisoblanadi. Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Aqlli” vositalar suv sarfini aniq qayd etadi, real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi. Ushbu qaror maqsadi suv resurslaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, sug‘orish samaradorligini oshirish, yer osti va suv havzalarini himoya qilish hamda tadbirkor va fermerlarni zamonaviy suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga undashdir. (biznesombudsman.uz) Suv bilan barqaror ta’minlanmagan hududlarda joylashgan yer maydonlari va suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgan bo‘lsa, ajratiladigan subsidiyalar 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent bilan hisoblanadi. Suv bilan barqaror ta’minlangan hududlarda joylashgan yer maydonlari va suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmagan bo‘lsa, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qo‘llanadi. Bu mexanizm tadbirkorlarni suv tejashga rag‘batlantiradi va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, “Aqlli” suv o‘lchash vositalari suv sarfini aniq qayd etadi, real vaqt rejimida monitoring qilish imkonini beradi va resurslardan oqilona foydalanishga xizmat qiladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ZiRuj9VaOkM" title="2027 yildan suv solig‘i tartibi o‘zgaradi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Shahnoza Mamaturopova, O‘zA