Sirdaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, oqovasuv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.
Shu bilan birga o‘z umrini o‘tab bo‘lgan suv quvurlari yangilariga almashtirilyapti. Jumladan, Guliston shahrining ayrim mahallalarida eskirgan suv quvurlarini yangilashga
ajratilgan 36 mlrd so‘mlik loyiha doirasida 67 km ichimlik suv quvurlari yangilanadi. Loyihani tez va sifatli bajarish uchun suvchilar zamonaviy usulda quvurlarni yotqizish ishlarini amalga oshirmoqdalar. Buning uchun Xitoydan texnikalar keltirildi.
Masalan, “Ulug‘ yo‘l” MFY hududida ushbu yangi usul qo‘llanildi va natijada yaqinda yotqizilgan asfalt saqlab qolindi, dov-daraxtlarga ham ziyon yetkazilmadi. Texnika va ishchi kuchidan iqtisod qilindi. Muhimi bu orqali eng qimmatli bo‘lgan vaqt tejab qolindi.
Hozirgi kunga kelib 8.5 km suv quvuri yotqizib bo‘lindi va yana 100
ga yaqin xonadon ichimlik suvi tarmog‘iga ulanib, suv hisoblagichlari o‘rnatildi.
Aytish kerakki, bugungi kunga kelib Sirdaryo viloyatida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi 87.5 foizga yetdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/VttnJ7O8MQI?si=-seydwT3aKuOTrcO" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA