English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv qadri
14:24 / 2026-03-10

Dehqonlar O‘zbekistonda suv zaxiralari kamayib borayotganidan xavotirda. Bir tomondan, Qirg‘iz Respublikasi tog‘laridagi qor bu yil nisbatan kamligi, u esa O‘zbekistonga oqib o‘tadigan Norin, Qoradaryo, So‘x daryolaridagi suv miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Ikkinchi tomondan, Afg‘onistondagi yangi qazilgan kanalga Sirdaryodan olinayotgan suv miqdori 2026-yilda oshirilishi kutilyapti. Demak, dehqon mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanishi lozim. Bunda suv taqsimoti, irrigatsiya inshootlari jihoz va texnologiyasi sozligi alohida o‘rin tutadi. Shu maqsadda Farg‘ona viloyatida bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Masalan, Quvasoy shahridagi “Sirdaryo-So‘x” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi “Isfayram Shohimardon” nasos stansiyasida keng ko‘lamli rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari yakunlandi. Loyihani Xitoyning “ China Nuclear Industriyes” kompaniyasi amalga oshirdi.

Zamonaviy stansiya 5000 gektar yer maydonini suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lib, energiya tejovchi nasos agregatlari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Barcha texnologik jarayonlar kompyuter orqali nazorat qilinadi, bu inson omilini kamaytirish va elektr energiyasidan samarali foydalanish imkonini beradi.

Mazkur chora-tadbirlar suv resurslarini adolatli taqsimlash, ortiqcha sarf-harajatlarning oldini olish va tizimda shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Irrigatsiya tizimida tejamkorlik borasida ham yangi loyihalar ishga tushdi. Jumladan, viloyatdagi “Beshariq”, “Bag‘dod”, “Nayman” va “Navro‘z” nasos stansiyalariga quvvati 1000 kVt bo‘lgan quyosh panellari o‘rnatilmoqda.  

Bu elektr energiyasi harajatlarini qisqartirib, tashqi energiya manbalariga bog‘liqlikni va atrof-muhitga chiqariladigan zararli moddalar miqdorini kamaytiradi.

Muhammadjon Obidov, O‘zA