Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosida kuchli jamoalar aniqlandi
11:15 / 2026-02-23

Poytaxtimizdagi Respublika oliy sport mahorati maktabida suv polosi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionati 1-tur o‘yinlarining to‘rt kunlik musobaqalari yakunlandi.

O‘tkazilgan o‘yinlar sarhisobiga ko‘ra, Namangan viloyati va “Uzbekistan Aquatics” jamoalari muvaffaqiyatga erishdi.

6 ta erkaklar jamoalari ishtirokida o‘tkazilgan musobaqalarda Namangan viloyati suv polochilari 1-tur o‘yinlari davomida barcha raqiblarini mag‘lub etishga erishdi va haqli ravishda shohsupaning eng yuqorisini egalladi. 2 va 3-o‘rinlar Toshkent viloyati hamda Toshkent shahar jamoalariga nasib etdi.

Ayollar jamoalari o‘rtasidagi murosasiz o‘yinlarda esa "Uzbekistan Aquatics” jamoasi qizlari g‘alabaga bo‘lgan kuchli irodasini namoyish etib, 1-o‘rinni egalladi. Ular to‘rt kunlik musobaqalar davomida barcha raqib jamoalarni katta ustunlikda mag‘lubiyatga uchratdi.  Kumush va bronza medallari ROSMM va Namangan viloyati ayollar jamoasiga tegishli bo‘ldi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA