Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosi: Yigitlarda 2 ta g‘alaba, qizlar jamoasida 1 tadan yutuq va mag‘lubiyat
19:09 / 2024-03-04

Filippinda suv polosi bo‘yicha yosh guruhlari o‘rtasida o‘tayotgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari munosib natijalarga erishmoqda.

Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, chempionatning birinchi turida Saudiya Arabistoni jamoasini 14:10 hisobida mag‘lub etgan yigitlarimiz bugun, 4-mart kuni Tailand terma jamoasini 17:14 hisobida dog‘da qoldirdi. 

Musobaqaning qizlar jamoalari o‘rtasidagi bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtlarimiz bo‘lsa, birinchi turda Singapur qizlar terma jamoasi bilan murakkab kechgan o‘yinda 19:18 hisobida g‘alabaga erishdi. Ammo 2-turda Xitoy vakillariga 11:19 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Musobaqalar davom etmoqda. 

T. Ro‘ziyev, O‘zA