Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosi: Vakillarimiz Rossiya ochiq chempionatida qatnashmoqda
08:30 / 2021-11-10

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasi Chelyabinsk viloyatining Zlotaust shahrida suv polosi bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida o‘tayotgan ochiq chempionatning 1/2 tur o‘yinlarida Rossiyaning 4 ta, Qozog‘istonning bitta jamoasi qatorida O‘zbekiston suv polosi terma jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari kecha, 9 noyabr kuni musobaqaning ilk o‘yinini Qozog‘istonning “Ayshi Bibi" (Taraz) jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda vakillarimiz 8:20 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Yurtimiz suv polochilari bugun, 10 noyabr kuni Dinamo-Uralochka (Zlatoust) bilan bahs yuritsa, 11 noyabrda Spartak-Volgograd jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 12 noyabrda esa Yugra (Xati-Mansiysk) jamoasi qarshiligini yengishiga to‘g‘ri keladi.

Rossiya ochiq chempionatining 1/2 tur o‘yinlari 13 noyabrga qadar davom etadi.

 

T. Ro‘ziyev, O‘zA