Suv polosi: “Uzbekistan Aquatics” jamoasi Tarazda sovrindorlikka erishdi
Qozog‘istonning Taraz shahrida suv polosi bo‘yicha 2008 yilda tug‘ilgan qizlar va 2010 yilda tavallud topgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda «Uzbekistan Aquatics» federatsiyasi jamoasi sovrindor bo‘ldi.
Tarazdagi suv havzasida kechgan musobaqalarda Qozog‘iston, Rossiya, O‘zbekistonning 6 ta suv polosi jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Qiziqarli o‘tgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, Rossiyaning "Uralochka-1” jamoasi qizlari 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rin Qozog‘istonning "Taraz” jamoasiga, 3-o‘rin «Uzbekistan Aquatics» federatsiyasi suv polosi jamoasiga nasib etdi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA