Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosi musobaqasi qizg‘in pallada
16:56 / 2024-01-25

Shu kunlarda Toshkent va Namanganda suv polosi bo‘yicha turli yosh toifalarida musobaqalar tashkil etilmoqda.

Namanganda 2007 yilda tug‘ilgan va undan kichik yoshdagi o‘g‘il hamda qizlar o‘rtasidagi musobaqaning o‘g‘il bolalar bahslarida "Sintez", qizlar orasida "Arena" jamoasi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

Toshkentda o‘tayotgan 13 va 15 yosh toifasidagi musobaqada bir qator jamoalar o‘zaro raqobatlashmoqda. 

Jumladan, Yunusobod tumani 2-son sport maktabi - Yakkasaroy tumani 1-son sport maktabi jamoalari bahsi 1-17 hisobida yakunlandi. 

Suv sporti turlariga qarashli ixtisoslashgan sport maktabi – "Germes" bellashuvi 8-7 hisobida yakunlandi. 

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA