Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosi: bugun U15 yosh toifasida O‘zbekiston chempionlari aniqlanadi
11:46 / 2025-10-22

Shu kunlarda poytaxtimizda suv polosi bo‘yicha turli yosh toifalari o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bahslari o‘tkazilmoqda.

Bir kun muqaddam 13 yoshlilar o‘rtasida g‘olib va sovrindorlar aniqlangan bo‘lsa, kuni kecha 15 yosh toifasidagilar o‘rtasida chempionatning ilk musobaqalari tashkil etildi.

Superfinal bahslarida saralash musobaqalaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 4 ta o‘g‘il va 4 ta qiz bolalar jamoalari ishtirok etmoqda.

O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi superfinalda Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari va Toshkent shahri jamoasi qatnashayotgan bo‘lsa, qizlar musobaqasida Xorazm, Farg‘ona, Namangan va Toshkent shahri jamoasi hal qiluvchi o‘yinlarda o‘z omadini sinovdan o‘tkazadi.

Kecha o‘tgan o‘g‘il bolalar jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar Toshkent – Sirdaryo 24:5, Namangan – Farg‘ona 22:2, Farg‘ona – Sirdaryo 10:21, Toshkent – Namangan 15:16 hisoblarida yakunlandi.

Qizlar jamoalari uchrashuvlari Xorazm – Namangan 5:17, Toshkent – Farg‘ona 12:3, Farg‘ona – Xorazm 6:18, Namangan – Toshkent 13:11 ko‘rinishida poyoniga yetdi.

Bugun, 22 oktyabr kuni U15 yosh toifasida O‘zbekiston chempionati superfinal o‘yinlarining oxirgi tur uchrashuvlari tashkil etiladi.

T.Ro‘ziyev, O‘zA