Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohiblari aniqlandi
15:54 / 2025-11-03

Toshkent viloyati suzish havzasida 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarida Xorazm jamoasi qizlar o‘rtasida, Toshkent viloyati vakillari o‘g‘il bolalar o‘rtasida g‘oliblikni tantana qildi.

Kecha o‘tkazilgan so‘nggi kungi o‘yinlarda Toshkent viloyati o‘g‘il bolalar jamoasi “Delfin” klubi vakillarini 20:4, Farg‘ona jamoasi “Germes” klubi polochilarini 19:6, Namangan vakillari "№Uzbekistan aquatics" jamoasini 17:2 ko‘rinishida dog‘da qoldirdi.

Qizlar bahsida esa qo‘yidagi natijalar qayd etildi:

Xorazm — Namangan - 9:6;

Toshkent viloyati — “Delfin”- 8:3.

O‘g‘il bolalar musobaqasida 2 va 3-o‘rinlar Farg‘ona va Namangan jamoalariga, qizlar musobaqasida Namangan va Toshkent viloyati vakillariga nasib etdi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA