Suv polochilar bellashdi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi sport maktabida suv polosi bo‘yicha U-15 yosh toifasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ravil Vinshyakov xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur musobaqada Rossiya Federatsiyasidan 15 nafar, Jizzax shahridan 13 nafar hamda Namangan viloyatidan to‘rt jamoa tarkibida 14 nafar iqtidorli sportchilar ishtirok etdi. Turnir davomida yosh suv polochilar o‘z mahoratini namoyish etib, g‘oliblik uchun bahslashdi.
Yakuniy natijaga ko‘ra, g‘oliblik Namangan terma jamoasiga nasib etdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-24977]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA