English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv ostida yashirin harakatlanuvchi dron yaratildi (+video)
15:58 / 2025-11-07

Xitoylik olimlar suv ostida yashirin tarzda kuzatuv olib borishga qodir, meduzaga o‘xshash bionik dron ishlab chiqishdi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.

“Suvosti fantomi” deb ataluvchi robot Shimoli-g‘arbiy politexnika universiteti olimlari tomonidan Tao Kay rahbarligida yaratilgan. U suvga tushganda haqiqiy meduzadan deyarli farq qilmaydi, bu esa unga suv ostida yashirin monitoring olib borish imkonini beradi.   

Robot gidrogel elektrod materialidan tayyorlangan bo‘lib, 120 millimetr diametr va 56 gramm og‘irlikka ega. U elektrostatik gidravlik aktuator yordamida harakatlanadi va faqat 28,5 millivatt quvvat sarflaydi. Shuning uchun u deyarli shovqinsiz ishlaydi va uzoq muddatli yashirin missiyalar uchun mos.  

“Arvoh meduza” mini kamera va sun’iy intellekt chipi bilan jihozlangan bo‘lib, real vaqt rejimida kuzatuv, ma’lumotlarni tahlil qilish hamda mustaqil harakatlanish imkonini beradi. Tadqiqotchilarga ko‘ra, bu texnologiya okean ekotizimlarini o‘rganish va suvosti xavfsizligini ta’minlashda keng qo‘llanilishi mumkin.   

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/am4iIbZAnFA" title="Suv ostida yashirin harakatlanuvchi dron yaratdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA