Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
10:45 / 2024-10-21

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolakatsion kosmik monitoring qilish tizimini joriy etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomda:

suv omborlari to‘g‘onlari va ularga tutash maydonlarning deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasini aniqlash maqsadida doimiy radiolokatsion kosmik monitoringni amalga oshirish;

kuchli zilzilalar sodir bo‘lgandan so‘ng sun’iy yo‘ldoshlarning texnik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, suv omborlari to‘g‘onlarining deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasini radiolokatsion kosmik monitoring tizimi orqali aniqlash va ma’lumotlarni “Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi”ga kiritish;

suv omborlari to‘g‘onlari va ularga tutash maydonlarning turli jadallikdagi zilzilalar yoki boshqa jarayonlar natijasidagi o‘zgarishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash va Platformaga kiritish;

radiolokatsion kosmik monitoring ma’lumotlari asosida suv omborlari to‘g‘onlarining dinamik xossalarini o‘rganish va kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash;

Platformaga kiritilgan kosmik monitoring natijalarini har bir to‘g‘on kesimida ilmiy tahlil qilish hamda tahliliy ma’lumotlar asosida deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish ko‘rsatkichlarini aniqlash;

instrumental-texnik tekshiruv va kosmik monitoring natijasida aniqlangan ma’lumotlarni o‘rganish, ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, to‘g‘onning seysmik mustahkamligi to‘g‘risida xulosa tayyorlash;

favqulodda vaziyatlar xavfi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan suv omborlari to‘g‘onlarida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash tartibi ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi - suv omborlari to‘g‘onlarining deformatsiyalanish, siljish hamda cho‘kish dinamikasi bo‘yicha ma’lumotlarini tuzish, qayta ishlash va suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilishga;

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi - suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi orqali deformatsiyalanish, siljish va cho‘kish dinamikasi ma’lumotlarini xar bir to‘g‘on kesimida tahlil qilish, dinamik xossalarini o‘rganish, ularning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini baholash hamda xavfsizlik mezonlari talablari bo‘yicha xulosa tayyorlashga;

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ - suv omborlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligini doimiy radiolokatsion kosmik monitoring qilish tizimi hamda Platformaga kiritish va ularni muntazam yangilab borishga mas’ul etib belgilangan.

Mazkur qarorga ko‘ra, Suv omborlari to‘g‘onlarining zilzilabardoshligi kosmik monitoringini o‘rganish komissiyasi tashkil etiladi.

Komissiyaning asosiy vazifalari:

suv omborlari to‘g‘onlarining instrumental-texnik tekshiruvi va kosmik monitoringi natijasida aniqlangan ma’lumotlarni hamda ularning xavfsizlik mezonlari talablariga mos kelishi yoki mos kelmasligi, shuningdek, to‘g‘onning seysmik mustahkamligi to‘g‘risidagi xulosalarni Komissiya majlislarida ko‘rib chiqish va tegishli qaror qabul qilish;

Komissiya qarorini vazirlik va idoralar, suv omborlariga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborish;

suv omborlari to‘g‘onlari xavfsizlik mezonlariga mos kelmaganda, shuningdek, to‘g‘onda seysmik zaiflik mavjud bo‘lganda hamda favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish xavflari yuzaga kelganda, O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika кенgaшиga axborot kiritish;

suv omborlariga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar va hokimliklarning to‘g‘onlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ishlarini doimiy nazorat qilish;

suv omborlari to‘g‘onlarida seysmik zaiflikni bartaraf etish yuzasidan ilmiy yondashuv asosida takliflarni ishlab chiqishdan iborat bo‘ladi.

O‘zA