English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida Qashqadaryo mintaqaviy markazi tashkil etiladi
10:58 / 2025-08-04

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbarlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining suv xo‘jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, ilm-fan hamda ishlab chiqarish o‘rtasida o‘zaro integratsiyani mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini kengaytirish maqsadida Institut huzurida Qashqadaryo mintaqaviy markazi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi ikki hafta muddatda Qashqadaryo mintaqaviy markazini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlaydi. 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bir oy muddatda Qashqadaryo viloyati byudjet tashkilotlariga tegishli bo‘sh turgan binoga Qashqadaryo mintaqaviy markazini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish hamda zarur mebel va inventarlar bilan jihozlash choralarini ko‘radi.

Sohaga innovatsiya yangiliklarini joriy qilish maqsadida Institutga Toshkent viloyati Ohangaron tumani Tut mahallasi hududida joylashgan va tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan qishloq xo‘jallaligiga mo‘ljallangan 52,9 gektar yer maydoni o‘ttiz yil muddatga ijara huquqi asosida ajratiladi. 

Institutga ajratiladigan yer maydonlarida suv resurslarini boshqarishda zamonaviy suv o‘lchash qurilmalari joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda sarflanadigan suv resurslari hisobi yuritib boriladi, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari tuproq-iqlim sharoiti, ekin turiga qarab joriy qilinadi va takomillashtiriladi. Sug‘orish tarmoqlarida suv yo‘qotishlarini kamaytirish, filtratsiyaga qarshi innovatsiya texnologiyalarini qo‘llash orqali ularning foydali ish koeffitsiyentini oshirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi hamda suv xo‘jaligi sohasida erishilgan ilmiy natijalar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy texnologiyalar sinovdan o‘tkaziladi. 

Institut qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huqiga ega emas.

O‘zA