Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv kodeksi loyihasi takomillashtirilmoqda
18:14 / 2024-12-20

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan “Suv kodeksi loyihasining mazmun-mohiyati va dolzarbligi” mavzusida seminar o‘tkazildi. Unda Qonunchilik palatasida ikkinchi o‘qishga tayyorlanayotgan Suv kodeksi loyihasida aks etayotgan muhim normalar ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, Suv kodeksi loyihasida bir qator muhim normalar o‘z aksini topmoqda. Jumladan, suv xavfsizligiga erishish, global suv taqchilligi kuchayib borayotgan davrda barcha iqtisodiyot tarmoqlarining va atrof-muhitning suvga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv infratuzilmasining va sug‘oriladigan yerlarning holatini yaxshilash kabi masalalar qamrab olingan.

Loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash davomida sohadagi munosabatlarni izchil va tizimli hal etish, suvdan foydalanishda fuqarolar mas’ulligini belgilash, suvdan oqilona foydalanishda zarur shart-sharoitlar yaratish, suv yetkazib beruvchilar va suv iste’molchilarining o‘rtasidagi munosabatlarda shaffoflikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, kodeks loyihasida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va ekotizimni suv bilan barqaror ta’minlash, suvni ifloslanish, bulg‘alanish va kamayib ketishidan muhofaza qilishda zamonaviy usullarni qo‘llash va suvning zararli ta’siri oldini olish va uni bartaraf etish choralarini ko‘rishga qaratilgan normalar o‘z aksini topmoqda.

Muhokamalarda deputatlar suv resurslarini iqlim o‘zgarishini inobatga olgan holda oqilona boshqarish va ularning hisobotini yuritish, suv ob’ektlari muhofaza zonalarini belgilash, toza ichimlik suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish masalalari ham kodeksda o‘z aksini topishi lozimligini bildirdi.

M.Komilova, O‘zA