Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv iste’moli bo‘yicha nazorat ishlari olib borilmoqda
08:58 / 2022-05-29

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejovchi texnologiyalarni joriy qilinishi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sho‘manoy tuman bo‘limi tomonidan doimiy nazorat o‘rnatildi.

– Prezident qarori ijrosi yuzasidan, tuman bo‘yicha 2022 yilda jami 770 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish belgilandi, – deydi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish sho‘’basi katta inspektori Joldas Nurayev. – Jumladan, 500 gektar paxta, 100 gektar bog‘, 50 gektar tok va 20 gektar maydonda boshqa ekinlar ekiladigan 670 gektar maydonda tomchilatib, 100 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha manzilli dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Shundan 700 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha “Agro Sho‘manoy klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan “Master Bilding Produkts” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchi korxonasi o‘rtasida pudrat shartnomasi tuzilib, 20,1 milliard so‘mlik kredit shartnomasi rasmiylashtirilgan. bugungi kunga 17,5 milliard so‘m moliyalashtirildi.

“Klaster g‘alla agro” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 100 gektar g‘alla maydonida suvni tejaydigan yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish rejalashtirildi. Bu bo‘yicha “Navoiy ishonch gilamlar” mas’uliyati cheklangan jamiyati quruvchi korxonasi o‘rtasida pudrat shartnomasi tuzildi. bugungi kunga 2,5 milliard so‘m moliyalashtirilib, belgilangan tartibda ishga tushirildi.

 

Dovud Abibullayev, O‘zA