Suv inshootlariga aqlli suv hisoblagichlar o‘rnatilmoqda
Ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturga kelib tushadi.
"Navoiy suv ta’minoti" mas’uliyati cheklangan jamiyatining Karmana tumani bo‘limiga qarashli “Varq-2”, “Paxtaobod”, Xatirchi tumani bo‘limiga qarashli “Galabek” hamda Qiziltepa tumani bo‘limiga qarashli “Kamolot” suv inshootlariga ko‘rsatkichlari masofadan turib aniqlanuvchi elektron suv hisoblagichlari o‘rnatilmoqda.
– Ushbu yangi zamonaviy hisoblagichning oddiy hisoblagichlardan farqi – tekshirish uchun joyiga chiqib ko‘rish shart emas, – deydi korxona bosh metroligi Shokir Ortiqov. – Istalgan vaqtda suv sarfi haqida ma’lumot olishimiz mumkin. Ma’lumotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri dasturga kelib tushadi.
Aqlli suv hisoblagichni jamiyatning barcha bo‘limlarida mavjud suv inshootlariga o‘rnatish belgilangan.