English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv inqirozi Marokashni qamrab oldi
11:03 / 2022-11-04

Suv tanqisligi va kuchli qurg‘oqchilik mavzusiga bu yilgidek e’tibor qaratilmagan.

Bir yildan ortiq vaqtdan beri Marokash Qirolligi o‘z tarixidagi eng dahshatli qurg‘oqchilik va qattiq suv tanqisligini boshdan kechirmoqda, deb xabar beradi “AZERTAJ”.  

Marokash global isishdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, dengiz baliqchiligi, qishloq taraqqiyoti, suv resurslari va o‘rmonlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘g‘onlarni to‘ldirish 2021 yildagi 35,7 foizga nisbatan 24,8 foizga yetgan. Yomg‘irning kamligi tufayli mamlakatdagi ko‘plab to‘g‘onlar vayron bo‘lmoqda.  

Qishloq xo‘jaligi, dengiz baliqchilik, qishloq taraqqiyoti, suv resurslari va o‘rmonlar vaziri Muhammad Sodiqiyning so‘zlariga ko‘ra, suv inqirozi bevosita qishloq xo‘jaligi rivojlanishi, qirollikning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq. 

Marokashda foydali qishloq xo‘jaligining 18 foizdan kamrog‘ini tashkil etuvchi sug‘oriladigan dehqonchilik qishloq xo‘jaligi eksportining 75 foizini tashkil qiladi va qishloq aholisining 40 foizigacha bandligini ta’minlaydi.  

Hozirgi qishloq xo‘jaligi kampaniyasi juda og‘ir sharoitda. Sababi – qurg‘oqchilik va suv resurslarining tanqisligi, yog‘ingarchilikning kamligi. Mamlakat hukumati mavjud vaziyatdan kelib chiqib, jamoaviy yer huquqlari doirasida yosh fermerlarga yangi subsidiyalar ajratmoqda.  

O‘zA