“Suv hayot demakdir!” aksiyasi o‘tkazildi
Buxoro shahridagi Do‘stlik uyida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining viloyat bo‘linmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyat boshqarmasi hamkorligida “Suv hayot demakdir!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda NNTlar, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.
Suhbat davomida suv resurslaridan oqilona foydalanish, iqlim o‘zgarishlari fonida suv taqchilligi, ichimlik suvini tejash, qishloq xo‘jaligida samarali sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, aholining ekologik savodxonligini oshirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari yuzasidan takliflar bildirildi.


Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar jamiyatimiz va atrof-muhit barqarorligi uchun har bir tomchi suv qadrli ekanini yana bir bor chuqur angladi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan mavzuga doir takliflar bildirildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.