English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Suv – bebaho ne’mat, undan to‘g‘ri foydalanaylik
10:22 / 2023-11-23

Suvning inson hayotidagi ahamiyatini tushuntirishga hojat yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda, suv – hayot. Shunday ekan, bu bebaho ne’matdan to‘g‘ri foydalanib, uni isrof qilmaslik har bir fuqaroning burchidir.

Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida  “Suv tekin emas” mavzusida seminar tashkil etildi. Tadbirda 200 nafarga yaqin tuman faoli, “Nuroniy” jamg‘armasi  respublika boshqaruvi vakili U.Rahmatov, tuman hokimi X.Jo‘rayev va boshqa mas’ullar qatnashdi.  

Seminarda suvni tejovchi texnologiyalardan samarali foydalanish,  suvni isrof qilmaslik to‘g‘risida fikrlar bildirildi.  

Tadbir so‘nggida faollar manzarali daraxtlar ko‘chatlarini ekishdi.

Qurbonazar Jumayev,

“Nuroniy” jamg‘armasi Ko‘kdala tuman bo‘limining rahbari.

O‘zA