Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Surxonteks» korxonasi 9 million dollarlik mahsulot eksport qildi
12:12 / 2017-10-27

Yiliga 4 ming tonnadan ziyod yuqori sifatli kalava ip tayyorlash quvvatiga ega mazkur korxonada 260 yangi ish o‘rni yaratildi.

“Surxonteks” korxonasida paxta xom-ashyosidan tayyor mato ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlar amalga oshiriladi. Ayni paytda bu yerda 9-10 tonna kalava ip ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 4 ming tonnadan ziyod yuqori sifatli kalava ip tayyorlash quvvatiga ega mazkur korxonada 260 yangi ish o‘rni yaratildi.

Joriy yil korxonada tayyorlagan to‘rt ming ikki yuz tonna kalava ipdan 9 million AQSh dollari qiymatiga teng qismi Rossiya va Xitoyga eksport qilindi. Natijada, korxonaga 1 milliard 132 million 767 ming so‘m soliq imtiyozlar qo‘llanildi. Bu tejab qolingan sarmoya korxona sexlarini yanada kengaytirishga yo‘naltiriladi.

Modernizatsiyalash natijasida tashkil etilayotgan yangi sexlar hisobiga kengayib borayotgan “Surxonteks”ning iqtisodiy daromad olish imkoniyatlari tobora ortib borayotir. Bunday texnologik yangilanishlar jarayoni kelgusida ham davom ettirilishini inobatga olasak, korxonaning viloyat iqtisodiyotini rivojlantirishdagi o‘rni yanada salmoqli bo‘lishi shubhasiz.