Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxonning “Jajji nurli yulduzlar”i kashf etildi
11:05 / 2025-10-20

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida “Jajji nurli yulduzlar” festivalining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Maktabgacha yoshdagi iste’dodli bolalarni aniqlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, san’at va madaniyatga bo‘lgan mehrini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan festivalda ishtirokchilar “Sehrli harakat” raqs ijrosi, “Ajdodlar merosi” folklor chiqishlari, “Jajji xonanda” qo‘shiq ijrosi va “Mo‘’jizaviy kuylar” milliy cholg‘ularda kuy ijrosi shartlari asosida o‘z qobiliyatini namoyishi etdi.

Festivalda viloyatning shahar va tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan yakka hamda jamoaviy tarzda ishtirokchilar qatnashdi.

[gallery-25801]

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Sehrli harakat” yo‘nalishida Sherobod tumanidagi 6-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoasi, “Ajdodlar merosi” yo‘nalishida Uzun tumanidagi 5-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti jamoalari g‘olib bo‘ldi. “Jajji xonanda” yo‘nalishida Uzun tumani va “Mo‘’jizaviy kuylar” yo‘nalishida Boysun tumani ishtirokchilari tengdoshlari orasida birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA