Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoning janubiy tumanlarida paxta terimiga start berildi
21:19 / 2024-08-29

Bugun mamlakatimizning janubi — Surxondaryo viloyatining ayrim hududlarida paxta yig‘im-terimi boshlandi.

Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari agrar sohadagi islohotlar izchilligini ta’minlash, dalalardagi agrotexnik tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, vazirlik mas’ullari, Paxtachilik kengashi hamda Surxondaryo viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi va olimlardan iborat ishchi guruh Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan «Qoraxon paxtakori» fermer xo‘jaligida bo‘ldi.

14 gektar maydonni egallagan hududda 60 sxemada «Buxoro 102» navi ekilgan bo‘lib, gektaridan 50 sentner hosil olish ko‘zda tutilgan. Mazkur hududda agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilgani, g‘o‘zaning vegetatsiya davrida alohida nazorat olib borilgani va ularning aprobatsiyasi to‘g‘ri va o‘z muddatida amalga oshirilgani o‘z natijasini ko‘rsatgan.

To‘liq ko‘saklar ochilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, 49 sentner hosil olish mumkin. Tumandagi boshqa fermer xo‘jaliklarida ham paxta terimiga start berilgan bo‘lib, bu yerda 2 sentyabrdan paxta terimini boshlash rejalashtirilgan.

“Paxta dalalarini kezar ekansiz, o‘zgacha ruhiyatni, yangicha muhitni his qilasiz. Mamlakat agrar sohasining asosiy tarmog‘i hisoblangan paxtachilikni isloh qilish yuzasidan olib borilayotgan tizimli ishlar samarasiga guvoh bo‘lasiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zA