FOTOREPORTAJ
Ikkinchi jahon urushi insoniyat boshiga og‘ir va dahshatli kunlarni soldi, qalblarni vayron etdi. O‘sha mash’um yillar otalar tog‘dek o‘g‘illarini yo‘qotdi, onalar farzand dog‘i bilan yashashga, go‘daklar ota mehridan mosuvo ulg‘ayishga mahkum etildi. Kelinchaklar vafodor yoridan ayrildi. Ha, bugungi tinch va osoyishta kunlar xalqimiz asl bahodirlarining shirin joni evaziga qo‘lga kiritildi. Ana shunday fidoyi insonlar orasida surxondaryolik Rahmonberdi ota Mirzarahimov ham bor edi.
Ayni vaqtda 99 yoshni qarshi olgan otaxon 18 yoshida urush maydonlarida dushman bilan jang olib bordi. O‘qchi polkida xizmat qilish jarayonida Vatan tinchligi yo‘lida bor shijoati va matonatini ishga soldi. Qo‘liga qurol olib, jang maydonlarida dushman bilan munosib kurashdi. Belarus, Latviya va Litva kabi davlatlarni dushman kuchlaridan himoya qilishda safdoshlari bilan qaqshatqich janglar olib bordi.
[gallery-17301]
G‘alabaga munosib hissa qo‘shgan vatandoshimiz bugungi kunda Sho‘rchi tumanida istiqomat qilib, qarilik gashtini surib kelmoqda. 9-may – Xotira va qadrlash kuni arafasida otaxonning xonadonida bo‘lgan harbiy xizmatchilar va harbiy gospital shifokorlari yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlaru yangilanishlar xususida suhbatlashdi. Tinchlik naqadar ulug‘ ne’mat ekanligi misollarda keltirildi.
Termiz harbiy gospitalining malakali shifokorlari Rahmonberdi otani chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi va sog‘ligi to‘g‘risida oila a’zolariga ma’lumotlar berdi.
Yurt posbonlari hamda harbiy shifokorlar shuningdek, Qumqo‘rg‘on tumanidagi Munchoq tepa mahallasida istiqomat qilayotgan 101 yoshli Hayit bobo Musayev xonadonida bo‘ldi.
Harbiy shifokorlar boboning sog‘ligini tekshirib, zarur maslahatlar berishdi. Bugun tinchlik hukm surayotgan Yangi O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlar hamda Qurolli Kuchlarimizda faoliyat olib borayotgan harbiy xizmatchilarning yutuqlari to‘g‘risidagi qizg‘in suhbat boboni ruhlantirdi.
Suratlarda: 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11-Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rahmonberdi bobo Mirzarahimov xonadonida.
12-Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Hayit bobo Musayev xonadonida.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/cErSXvNV9oc?si=fQpQ0MHN8qqqXwwH" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA