English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryolik harbiylar ham saxovat karvoniga qoʻshildi
10:24 / 2020-05-04

Surxondaryo viloyatidan “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan talofatdan aziyat chekkan aholiga insonparvarlik yordami joʻnatish davom etmoqda.


Surxondaryo viloyatidan “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan talofatdan aziyat chekkan aholiga insonparvarlik yordami joʻnatish davom etmoqda.

Kutilmagan tabiiy ofatga befarq boʻlmagan janubdagi vohada boshlangan bu ezgu ishga nafaqat saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar, fermerlar balki, harbiy xizmatchilar ham bosh qoʻshib, sirdaryolik birodarlarga yordam qoʻllarini choʻzmoqda. Jumladan, Termiz shahridagi “ZIF TEXTILE” masʼuliyati cheklangan jamiyati qariyb 1 milliard soʻmlik 150 turdagi turli kiyim-kechaklarni yuborgan boʻlsa, Denov tumani aholisi 34 tonnadan ziyod oziq-ovqat, koʻplab kiyim-kechak, dori-darmon va koʻrpa-toʻshak koʻrinishidagi zarur mahsulotlarni yetkazib berdi.

Denovliklarning saxovat karvonida kartoshka, un, shakar, guruch, pomidor kabi 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, turli shirinliklar, dori-darmon, koʻrpa-yostiq, idish-tovoq, kiyim-kechak, poyafzal, toʻn singari oʻn turdan ortiq ehtiyoj mollari mavjud.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari va xodimlari ham viloyatning saxovat karvoniga oʻz ulushini qoʻshdi. Ular tomonidan 1 tonna un, 5 tonnadan ortiq kartoshka, karam, sabzi, piyoz joʻnatildi. Shuningdek, harbiylar yuborgan mahsulotlar orasida makaron, yogʻ, non va non mahsulotlari, 20 ming dona niqob qa qoʻlqop ham bor.