Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryolik g‘allakorlar rejani bajardi
16:37 / 2025-06-25

Surxondaryo viloyati g‘allakorlari mamlakatimizda birinchi bo‘lib, shartnomaviy rejani ortig‘i bilan bajardi. Qabul shoxobchalariga 266 ming tonna o‘rniga 267 ming 287 tonna sara don topshirildi.

Joriy yil hosili uchun viloyatda 89,3 ming gektar maydonda g‘alla parvarishlanib, mo‘l hosil to‘plandi. O‘rim-yig‘im mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 120 ta o‘rim otryadi tashkil etilib, ularga 286 ta kombayn,  1  ming 216 ta don tashish texnikasi biriktirildi.

Voha g‘allakorlarining bu yutug‘iga Termiz, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq, Qumqo‘rg‘on, Sho‘rchi, Bandixon tumanlari salmoqli ulush qo‘shdi. Har gektar maydondan Termiz tumanidagi “Qoraxon Paxtakor” fermer xo‘jaligi       97,1 sentner, “Sardorbek To‘xtayev” fermer xo‘jaligi 90,8 sentner, Jarqo‘rg‘on  tumanidagi “Abbos AR” fermer xo‘jaligi 95,5 sentner, “Golden Traus” fermer xo‘jaligi 98,3 sentner, Qumqo‘rg‘on tumanidagi “Abubakr ziroatchi” fermer xo‘jaligi 99,0 sentner, “Ketmon darvozasi” fermer xo‘jaligi 105,1 sentner, Sho‘rchi tumanidagi “Qobil Qosim” fermer xo‘jaligi 101,2 sentner, “Amir agro ESS” fermer xo‘jaligi 103,4 sentner, Sherobod tumanidagi “Shayman bobo” fermer xo‘jaligi 97,3 sentnerdan sara don yig‘ib oldi.  

Ayni paytda o‘rim-yig‘im qizg‘in davom etmoqda. Viloyat g‘allakorlari har gektar maydondan o‘rtacha 91,6 sentnerdan don yig‘ib olib, 818 ming tonnalik katta xirmon yaratishni mo‘ljallamoqda.  

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri