Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodan partiya s’ezdiga delegatlar saylandi
13:53 / 2023-05-24

Termiz shahrida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari XI konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya viloyat kengashi faollari, Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlari deputatlari, partiyaning tuman, shahar kengashlaridan saylangan delegatlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Konferensiyada partiya mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida, yurtimizdagi siyosiy jarayonlarda, shuningdek, "Yangi O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi va 2022 yil – Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi" da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etayotgani ta’kidlandi. Faoliyatini o‘z dasturiy vazifalariga sodiq qolgan holda "inson – jamiyat – davlat" tamoyili asosida tashkil etayotgani, partiyaning saylovoldi dasturida ilgari surilgan 205 ta band ijrosi yuzasidan tizimli parlament, deputatlik va jamoatchilik nazorati amalga oshirilayotgani qayd etildi.  

Konferensiyada O‘zLiDeP viloyat kengashi raisi Alisher Ro‘ziyevning "Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Surxondaryo hududiy partiya tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga muddatidan ilgari bo‘lib o‘tadigan saylovdagi ishtiroki borasida partiya tashkilotining navbatdagi vazifalari to‘g‘risida" gi ma’ruzasi tinglanib, muhokama etildi. Joriy yil 9 iyul kuni mamlakatimizda muddatidan ilgari o‘tkaziladigan Prezident saylovi, saylovga tayyorgarlik jarayonida partiya oldida turgan muhim vazifalar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini samarali tashkil etish xususida fikr almashildi. Partiyaning XI s’ezdiga eng faol a’zolardan 32 nafari delegat etib saylandi.  

Konferensiyada ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri