Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodagi uch boshqarmada rahbar o‘zgardi
20:31 / 2020-12-21

Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga shu kungacha Surxondaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelgan Abdivohidov Komil Murtazoyevich boshliq etib tayinlandi.

K. Abduvohidov 1965 yil 1 sentyabrda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1989 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi – jarroh.

K. Abduvohidov Termiz shahar markaziy shifoxonasi anesteziolog-reanimatologi, gemodializ bo‘limi boshlig‘i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz filiali direktori, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i, “Sino Med Termiz” mas’uliyati cheklangan jamiyati klinikasi rahbari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Xalq ta’limi vazirligining kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi bosh mutaxassisi Hamidova Suluv Yangiboyevna Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ish boshladi.

S.Hamidova 1969 yili Sho‘rchi tumanida tug‘ilgan. 1990 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Mehnat faoliyati davomida Termiz davlat universiteti o‘qituvchisi, katta o‘qituvchisi, moliya-iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari, Termiz tumanidagi Yangiariq qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji direktori, TerDU qoshidagi Termiz akademik litseyi direktori, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti lavozimlarida ishlagan.

“Surxon sanoat qurilish invest” qurilish-ishlab chiqarish korxonalari birlashmasi raisining birinchi o‘rinbosari Quvvatov Chori Jo‘rayevich Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Chori Quvvatov 1981 yilning 30 iyulida Qumqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2002 yilda Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi- buxgalteriya hisobi va audit.

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Toshkent viloyati mintaqaviy filiali bo‘lim boshlig‘i, sho‘’ba mudiri, Qibray filiali boshqaruvchisi o‘rinbosari, Sharg‘un filiali boshqaruvchisi, Surxondaryo viloyati mintaqaviy filiali boshlig‘i, shuningdek, Markaziy bankning Surxondaryo viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan.

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA