Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodagi ko‘p tilli muqobil guruhlar faoliyati tahlil qilindi (+video)
17:21 / 2024-09-20

FOTOREPORTAJ

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, YUNISEF va Yevropa ittifoqi hamkorligidagi “Surxondaryo viloyatida inklyuziv ta’lim, ijtimoiy xizmatlar va huquqiy yordamdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi yo‘lga qo‘yilgan edi. 

Loyiha doirasida tashkil etilgan ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan guruhlarning erishgan natijalari va amaliy ishlar bilan tanishish maqsadida BMT, YUNISEF va Yevropa ittifoqining bir guruh vakillari Termiz shahridagi 31-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga tashrif buyurdi. 

[gallery-19366]

Dastlab manzilda taqdimot o‘tkazildi. Unda viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Husniddin Mamadiyev hamda bir guruh mas’ullar so‘zga chiqib, viloyatda ko‘p tilli muqobil maktabgacha ta’lim guruhlarini tashkil etish tajribasi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdi. So‘ng manzildagi ko‘p tilli ta’limga yo‘naltirilgan guruhlar faoliyati bilan tanishildi. Bolalar va ularning ota-onalari bilan bo‘lgan suhbat davomida mazkur guruhlarning ahamiyati yuzasidan fikr almashildi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9UtWBpjkozU" title="Surxondaryodagi koʻp tilli muqobil guruhlar faoliyati tahlil qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat, video), O‘zA