Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodagi ikkita chegara-bojxona postida sharoit yanada yaxshilanadi
17:43 / 2025-12-11

O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidagi “Ayritom” chegara-bojxona posti tubdan qayta ta’mirlanib, harakatlanayotgan transport vositalari va yo‘lovchilar uchun yanada qulay sharoit yaratiladi.

Termiz tumanining qo‘shni davlat chegarasida barpo etilgan “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasi Afg‘oniston va Janubiy Osiyo davlatlari bilan savdo-sotiqda muhim logistik hab sifatida rivojlanib, chegara-bojxona posti orqali transport vositalari va yo‘lovchilar harakatini yil sayin ko‘paytirmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning 11 oyida “Ayritom” chegara-bojxona posti orqali bir milliondan ortiq kishi harakatlanib, bu ko‘rsatkich 2022 yilga nisbatan 330 foizga oshgan. Transport vositalari harakati 247 ming 400 taga yetib, o‘tgan yilga nisbatan 56 foizga o‘sgan.

Chegara-bojxona posti bir yo‘la poyezd, avtotransport va fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi. Bu yerda harakatning yil sayin oshib borayotgani o‘tkazuvchanlikni tezlashtirish va foydalanuvchilarga ko‘proq qulaylik yaratishni taqozo etmoqda. 

Bugun start berilgan “Ayritom”ni qayta rekonstruksiya qilish loyihasi bu masalani to‘liq hal etadi. 

Shu munosabat bilan chegara-bojxona postida bo‘lib o‘tgan tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, rekonstruksiya doirasida amalga oshiriladigan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi “Bobotog‘” bojxona punktining yangi qurilishi bo‘yicha tayyorlangan loyiha taqdimoti o‘tkazilib, bojxona boshqarmasi mutasaddilarining axborotlari tinglandi. Viloyat rahbari ikkala loyihani ham eng zamonaviy texnologiyalar asosida yuqori sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirish yuzasidan tegishli vazifalarni belgilab berdi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri