FOTOREPORTAJ
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, o‘quvchilarni maktab davridanoq zamonaviy va xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga yo‘naltirishga qaratilgan keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur islohotlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi 97 ta umumta’lim maktabiga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yuborilgan zamonaviy jihozlar topshirildi. 1 ming 649 dona kompyuter, 97 dona konditsioner, 97 ta printer va boshqa texnik vositalar shular jumlasidandir. Shuningdek, 112 ta maktabga 128 dona zamonaviy elektron doska bilan ta’minlandi. Mazkur loyihaga jami 20 milliard 187 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
[gallery-25049]
Termiz shahridagi 9-umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, maktablarga texnik jihozlarni tantanali ravishda topshirdi.
Ushbu tashabbus ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va kelajakda raqobatbardosh kadrlarni yetishtirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA