FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan bosqichma-bosqich ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar doirasida tadbir tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, boshqarma xodimlari, shahar va tumanlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlari ishtirok etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan respublika byudjet mablag‘lari hisobidan yetkazilgan jami 3072 dona zamonaviy monobloklar viloyatdagi 192 ta maktabning har biriga 16 donadan ajratildi. Ushbu kompyuter jamlanmalari ortilgan karvonlar bugun o‘z manzili tomon yo‘l oldi.
Ta’kidlash kerak, viloyatda 960 ta umumta’lim maktabi mavjud bo‘lib, bugungi kunga qadar ularning 622 tasi to‘liq zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan edi. Endilikda ular soni 814 taga yetdi. Qolgan maktablar ham bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
[gallery-14449]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA fotomuxbiri