English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodagi 133 jome masjidida hayit namozi ado etildi
14:13 / 2025-06-06

Surxondaryo viloyatida ham Qurbon hayiti shukronalik va shodu xurramlik bilan keng nishonlanmoqda. Fayzli va muborak kunning erta tongida musulmonlar vohadagi 133 ta jome masjidida hayit namozini o‘qidi.

Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham subhidamdan mo‘min-musulmonlar bilan gavjum bo‘ldi. Qurbon hayiti namozi avvalida so‘nggi yillarda mamlakatimizda mo‘min-musulmonlarning ibodat amallarini bajarishi uchun yaratilgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Qurbon hayiti va uning fazilatlari, bayramni nishonlash tartib-taomillari, qurbonlik amalini bajarish va ehtiyojmandlarga ehson qilish tartiblari to‘g‘risida fikr yuritildi. 

Shu kuni viloyatda 195 mingdan ortiq namozxon muborak va fayzli kun ibodatini ado etib, tinch-osuda va farovon hayotga shukrona aytdi. Vatanimizga tinchlik-to‘kinlik, xonadonlarga xotirjamlik, qut-baraka tilab duoga qo‘l ochdi. 
Ayni paytda Termiz shahri va tumanlarda kam ta’minlangan, ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar, yotib qolgan bemorlar holidan xabar olinib, bayram sovg‘alari topshirilmoqda. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri