French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryodagi 127 ta masjidda hayit namozi ado etildi
14:07 / 2023-04-21

Muborak Ramazon hayiti mamlakatimizning janubdagi darvozasi– Surxondaryo viloyatida ham katta shodu xurramlik va shukronalik bilan keng nishonlanmoqda.

Bugun erta tongda viloyatdagi 126 ta jome masjidda hayit namozi o‘qildi. Unda 200 mingga yaqin namozxon fayzli, saodatli kun ibodatini ado etdi. 

Termiz shahridagi Hakim Termiziy jome masjidi ham subhidamdan mo‘min-musulmonlar bilan gavjum bo‘ldi.

Muazzam masjidda mamlakatimizda so‘nggi yillarda ma’naviy qadriyatlarimiz yuksalishi yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va bugungi tinch, farovon hayotimizni ta’minlashdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Muborak Ramazon oyida keng quloch yozgan xayr-sahovat, mehr-muruvvat fazilatlarining ahamiyati xususida fikr yuritildi. 

Namoz yakunida yurtdoshlarimiz shunday obod, osuda va to‘kin kunlarga yetkazganiga shukrona aytib, elimizga tinchlik-xotirjamlik, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida olib borilayotgan islohotlarga bardavomlik tilab, duoga qo‘l ochdi.

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, 

O‘zA muxbiri