French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda yovvoyi g‘ozni otib o‘ldirgan “ovchilar” jazolandi
16:19 / 2026-01-12

Viloyat ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, Milliy Gvardiya viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbiri chog‘ida Termiz tumanidagi Orol mahallasining chegara oldi hududida Yo‘lchi Shoyimov va Kamol Eshov (ism-familiya o‘zgartirildi) o‘zlariga tegishli ov qurolida ov qilish qoidalarini buzib, to‘rt bosh yovvoyi g‘ozni otib o‘ldirganini aniqladi.

Holat yuzasidan o‘zboshimcha ovchilarga O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddasi bilan bayonnoma rasmiylashtirildi. Tabiat jonkuyarlari hayvonot dunyosiga uch million 296 ming so‘m zarar yetkazilganini hisoblab, Yo‘lchi Shoyimov va Kamol Eshovning har biriga 8 million 240 ming so‘mdan jarima jazosi qo‘lladi. Endilikda bu qilmishi uchun ular qariyb 20 million so‘m jarima to‘laydi.

Nilufar Bozorova, O‘zA muxbiri