Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda yoshlar festivali
19:53 / 2022-06-20

FOTOREPORTAJ

Yuqori marralar va katta maqsadlar sari keng yo‘l.

Surxondaryo viloyatida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida o‘tkazilgan festival minglab yigit-qizlarni ana shu ezgu g‘oya atrofida birlashtirdi. Tadbir doirasida Surxondaryo viloyati hokimi va yoshlar uchrashuvi, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Yosh kitobxon”, baxshichilik ko‘rik-tanlovlari, marafon va estafetalar, ko‘ngilochar dasturlar, shuningdek, mehnat yarmarkasi, milliy taomlar namoyishi tashkil etildi.

[gallery-7638]

Termiz shahridagi qariyb 35 gektar maydonni qamrab olgan San’at saroyi bog‘ida Termiz shahar va barcha tumanlar uchun ajratilgan joylardagi maxsus pavilonlarda milliy qadriyatlarimizga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar hech kimni befarq qoldirmadi.

Hokim va yoshlar uchrashuvida kam ta’minlangan, qiyin sharoitda yashayotgan oilalar farzandlari bo‘lgan, shuningdek, eng bilimli, izlanuvchan talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ularning bir guruhiga kontrakt pulini to‘lab berish imtiyozini beruvchi maxsus sertifikatlar topshirildi.

Rang-barang va qiziqarli loyihalari bilan Surxon vohasi yoshlarida unutilmas taassurotlar qoldirgan festival taniqli san’atkorlar ijrosidagi gala konsert bilan yakunlandi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA