English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda yana yer sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga tushdi
14:05 / 2022-08-11

Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi U.Doniyorov (ism-sharif o‘zgartirildi)ning arizasiga asosan Surxondaryo viloyat IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi X.Toymasov davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini 190 million so‘mga sotmoqchi bo‘lganida qo‘lga olindi.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu yer maydonini kadastrda ishlovchi tanishlari orqali xaridorning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan X.Toymas tezkor tadbir chog‘ida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ayni paytda davlat zaxirasidagi yerni pullashga uringan bu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA