Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “Vatan ostonadan boshlanadi” shiori ostidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi
14:59 / 2025-02-03

FOTOREPORTAJ

Termiz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan maktablarda vatanparvarlik tadbirlari tashkil etildi. 

Surxondaryo viloyati hokimligi ko‘rsatmasiga muvofiq, viloyatdagi tuman-shahar maktablari tegishli oliy ta’lim muassasalariga biriktirgan. Jumladan, Termiz davlat pedagogika institutiga biriktirilgan Oltinsoy tumani umumta’lim maktablariga doimiy ravishda metodik yordam ko‘rsatilib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.  

Ana shunday tadbirlarning navbatdagisi institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ulug‘bek To‘ramurodov boshchiligida 4-, 11-umumta’lim va 2-ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan maktablarida “Vatan ostonadan boshlanadi” shiori ostida o‘tkazildi.

Tadbirda Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Musiqa ta’lim yo‘nalishi, Chaqiriqqacha maxsus harbiy ta’lim yo‘nalishi talabalari tomonidan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi, jangovar chiqishlar namoyish etildi.  Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida maktab hovlisiga ko‘chat o‘tqazildi.

[gallery-21569]

Mutasaddilar tomonidan maktablar kutubxonasiga badiiy adabiyotlar, faol o‘quvchilarga sport anjomlari topshirildi.  

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA