Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda “uchar” haydovchi ushlandi
09:29 / 2025-08-05

Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi ish yurituviga Qiziriq tumanida yashovchi Olim To‘rayev “Cobalt” rusumli avtomashinasida yo‘l harakati qoidalarini buzib, 81 marta ma’muriy jarimaga tortilgani haqidagi ijro hujjati kelib tushdi. Bu holatlar orasida tezlikni oshirish, yo‘lchiroqning taqiqlangan qizil chiroqlarida harakatlanish va boshqa qaltis qoidabuzarliklar borligi qayd etilgan.

Majburiy ijro byurosi va yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari ishtirokida olib borilgan reyd chog‘ida qoidabuzar haydovchining avtomashinasi ushlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Avtomashina xatlovga olinib, qarzdorlik belgilangan muddatda bartaraf etilmasa, auksion savdolariga chiqarilishi haqida ogohlantirildi. Qoidabuzar haydovchi qarasaki, masala jiddiy. Avtomashinasidan ajralib qolishi ham hech gap emas. U amaldagi yo‘l harakati qoidalariga zid qilmishini to‘g‘ri angladi, o‘ttiz million so‘mga yaqin jarima to‘ladi.  

MIB viloyat boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, vohada yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilayotgan reydlar chog‘ida qarzdorlik tufayli qidiruv e’lon qilingan 756 ta avtomashina topilib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri