Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda to‘y va marosimlar maromida o‘tkaziladi
09:06 / 2025-11-07

Surxondaryo viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirishda davlat va jamoat tashkilotlarining roli” mavzuiga bashlangan davra suhbati tashkil etdi.

Viloyatdagi tegishli idora va tashkilotlar vakillari, oqila ayollar, olimlar, ziyolilar, mahallalar faollari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda hukumat qaroriga muvofiq, to‘y va marosimlarni tartibga solib, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish hamda oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab “Maromiylik” loyihasiga start berilgani qayd etildi. Marosimlarni milliy an’ana va odob-axloq me’yorlariga mos ravishda o‘tkazish, isrofgarchilikning oldini olish, jamiyatda hamjihatlik va ahillik muhitini mustahkamlash xususida fikr almashildi.

[gallery-26130]

Davra suhbati yakunida viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi, “Nuroniy” jamg‘armasi, respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakili, “Oqila ayollar” harakati a’zolari birgalikda ishlab chiqqan jamiyatda maromiylik madaniyatini shakllantirish bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi doirasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov,

O‘zA muxbiri