French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda targ‘ibotchilar uchun seminar o‘tkazilmoqda
15:46 / 2021-01-15

Termiz shahridagi Baxshilar maktabida Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ilgari surilgan muhim g‘oyalar targ‘ibotiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar birinchi sektori hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasalari rahbarlari va o‘rinbosarlari, yoshlar yetakchilari, tashkilot va korxonalar boshliqlari, tibbiyot, tadbirkorlik sub’ektlari vakillari ishtirok etdi.

Seminarda Termiz shahar hokimi, birinchi sektor rahbari Isroil Xudoyberdiyev “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi asosida tashkil etilayotgan tadbirning maqsadi va Murojaatnomadan o‘rin olgan masalalarning jamiyatimizni rivojlantirish, xalqimiz turmush darajasini oshirishdagi ahamiyati haqida atroflicha ma’lumot berdi.

– Murojaatnoma bilan mahalla, ta’lim, tibbiyot muassasalari, korxona, tashkilotlarda xalqimizni yaqindan tanishtirishingizga ishonamiz, – dedi shahar hokimi Isroil Xudoyberdiyev. – Buning uchun har birimizning hayotimizda muhim o‘rin tutadigan bu hujjatni oila a’zolaringiz bilan chuqur o‘rgangan holda qo‘ni-qo‘shni va kasbdoshlarga namuna bo‘lishingiz kerak. Unda xalqimizning manfaati o‘z ifodasini topgan. Tadbirimizda ishtirok etayotgan olimlarimiz, soha mutaxassislari va tajribali targ‘ibotchilardan tushunmagan joylaringizni so‘rab, mohiyatini bilib olishlaringizni hamda targ‘ibot chog‘ida jamoatchilikka yetkazishingizni so‘raymiz. Chunki, Murojaatnomaning ijrosini ta’minlash uni samarali hujjatga aylantirishini barcha birdek his etishi lozim.

Tadbirda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti N.Qalqanov, Termiz davlat universiteti tarix fanlari doktori Sh.Shaydullayev, Termiz davlat universiteti kafedra mudiri Mehri Norbosheva va boshqalar mamlakatimizda 2021 yilning “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nomlanishining muhim omillari haqida so‘z yuritdi. Murojaatnomada davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohalarni yuksaltirish borasida ilgari surilgan vazifalarni chuqur tahlil qilib berdi. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi g‘oyalarning o‘rni xususida fikr almashdi. Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Tadbirda ulug‘ maqsadlarda boshlagan ezgu ishlarimizni yuksak sifat bilan yuqori saviyada bajarishga qaratilgan videorolik namoyish etildi. Ishtirokchilar shahardagi ta’lim muassasalarida beshta muhim tashabbus doirasida erishilayotgan yutuqlar ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur seminar Surxondaryo viloyati shahar va tumanlaridagi barcha sektorlarda bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng ishtirokchilar mahalla, ta’lim, tibbiyot muassasalari, korxona va tashkilotlarda, oilalarda “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” g‘oyasi doirasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazadi.

 

Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA