Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi (+video)
17:54 / 2026-03-03

Vazir fikri

Bugun yurtimizda maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha munosib kadrlar yetishtirish masalasiga alohida yondashuvlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” massivida faoliyat yuritayotgan maktab va o‘quv markazini ko‘zdan kechirdi.

– Sun’iy intellektga o‘qitish dasturlarini bejiz maktablar ta’limiga joriy etmayapmiz, o‘quvchilar oliy ta’lim muassasalari, mehnat bozoriga kelajak kasblari uchun tayyor bo‘lib borishlarini istaymiz, – dedi Prezident.

Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda hududda ta’lim sohasining bugungi holati, erishilgan yutuqlar va navbatdagi maqsadlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, viloyatda kelgusida ta’lim sohasida amalga oshirilishi belgilangan aniq rejalar yuzasidan mutasaddilarga vazifalar yuklatildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov ta’lim yo‘nalishida Surxondaryoda Davlatimiz rahbari tomonidan qo‘yilgan vazifalarga to‘xtalib o‘tdi.

– Surxondaryoda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar yo‘nalishidagi eng asosiy vazifalardan biri kasbiy ta’limga oid bo‘ldi. Xususan, hozirda hududda mavjud kasbiy ta’lim tashkilotlariga xalqaro dasturlarni joriy etish, shuningdek Buyuk Britaniya, Xitoy, Germaniya, Shveysariya va boshqa davlatlar tajribasini o‘rganib tatbiq etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, hududda ilg‘or kasbiy mahorat maktabi ham tashkil etiladi. U “Ilg‘or kasbiy texnikum” deb ataladi va viloyatdagi texnikumlar hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirishga xizmat qiladi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/iStwTGyxGaY" title="Surxondaroda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdulaziz Rustamov,

Nishonboy Abduvoitov (video),

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA