Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda sud-huquq sohasini yoritayotgan jurnalistlar rag‘batlantirildi
17:46 / 2023-06-24

Surxondaryo viloyat sudida 27–iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyatda sud-huquq sohasini yoritayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari va sudlar vakillari ishtirok etgan tadbirda viloyat sudi raisi A.Ro‘ziqulov mamlakatimizda sud-huquq tizimida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish, odamlarning hayotdan rozi bo‘lib, farovon hayot kechirishini ta’minlashga qaratilayotgani alohida ta’kidladi. Prezidentimizning “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan ko‘rilgan kompleks chora-tadbirlar tom ma’noda sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berganini qayd etdi. Bu jarayonda yuz berayotgan o‘zgarish va yangilanishlarni xolisona yoritishda ommaviy axborot vositalarining alohida o‘rni borligi xususida fikr almashdi.

–So‘nggi yillarda sohada amalga oshirilgan islohotlar mamlakatimiz sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi,–deydi diyor24.uz veb-sayti bosh muharriri O‘.Diyorov.–Sohada yuz bergan bu o‘zgarishlar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu borada viloyatda keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. O‘ylaymizki, kelgusida ham bu yo‘nalishdagi hamkorligimiz xalqimizning huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyatda adolat ustuvorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

Tadbirda viloyatda odil sudlov hamda sud-huquq sohasidagi islohotlarni keng jamoatchilikka yetkazishda faol ishtirok etib, jamiyatimizda oshkoralik, adolat va qonun ustuvorligini ta’minlashni targ‘ib qilayotgan bir guruh jurnalistlarga viloyat sudining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xolmo‘min Mamatrayimov,  

O‘zA muxbiri