Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda soliq tizimi korrupsiyasiz sohaga aylanadi
11:30 / 2026-01-10

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasida Prezidentimizning Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati va joriy yilda amalga oshiriladigan muhim vazifalarga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Soliq qo‘mitasining Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tashkil etgan tadbirda Murojaatnoma mamlakatimiz taraqqiyotining yaqin istiqboldagi strategik yo‘nalishlarini belgilab bergani va Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi tub islohotlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi. 

Oltita ustuvor yo‘nalish doirasida Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi va tinch-to‘kin hayot yo‘lidagi islohotlar yanada jadallashishi, davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan korrupsiyaga qarshi kurashish kuchaytirilishi haqida so‘z yuritildi. Bu jarayonda 2026 yil korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida “favqulodda holat” e’lon qilinib, mazkur yo‘nalishda mutlaqo yangi tizim joriy etilayotgani qayd etildi. 

Tadbir yakunida soliq xodimlari davlat fuqarolik xizmatchilarining odob-axloq hamda ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy rioya etishi, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi va “halollik” tamoyiliga amal qilishi yuzasidan fikr almashildi. 

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA