Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Surxondaryoda saylovga tayyorgarlik boshlandi
16:58 / 2019-09-26

Termizda “Saylov jarayoni va uni yoritishning muhim masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.


Saylov – 2019

Termizda “Saylov jarayoni va uni yoritishning muhim masalalari” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda mahalliy ommaviy axborot vositalari rahbar va xodimlari, respublika ommaviy axborot vositalarining Surxondaryo viloyatidagi muxbirlari, mahalliy davlat boshqaruv organlari matbuot xizmati vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda vakillik organlariga o‘tkaziladigan saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha maslahat guruhi rahbari, yuridik fanlari doktori A.Otajonov, viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i A.Rahmatov va boshqalar mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon – saylov kampaniyasi boshlanganini, joriy yil 22 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatligiga saylovlar avvalgilaridan tubdan farq qilishini ta’kidladi.

“Yangi O‘zbekiston: Yangi saylovlar” degan hayotiy shior tanlangan bu yilgi saylovlar yangi qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o‘tkaziladi. Mazkur kodeksda saylovlarni umume’tirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora o‘tkazishga xizmat qiladigan o‘ttizdan ortiq yangi norma va qoidalar o‘z ifodasini topgan. Shu paytgacha amalda bo‘lgan ba’zi cheklovlar chiqarib tashlangan.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz ichki va tashqi hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar nafaqat ko‘p millatli xalqimiz, balki dunyo hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otayotir. Bunday yangilanishlar bo‘lajak saylovlarda ham o‘z aksini topadi. Jumladan, shu yil bo‘lib o‘tadigan saylovlarda har bir ovoz e’tiborga olinib, har bir fuqaro davlat hokimiyati vakillik organlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Ochiqlik, oshkoralik va shaffoflik amalda keng ta’minlanadi. Bu jarayonni haqqoniy yoritishda ommaviy axborot vositalarining alohida o‘rni bor. Aholining muhim siyosiy bu jarayonga tayyorgarligini, uyushmagan aholi ongida saylov qonunchiligini tushuntirish ham teleradio, internet nashrlar va bosma ommaviy axborot vositalarining muhim vazifalaridan biridir.

Davra suhbatida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAda bu yilgi saylov jarayonlarini 9 tilda keng yoritib borish yo‘lga qo‘yilgani alohida e’tirof etilib, bu tashabbusni boshqa OAVlarda ham qo‘llash yaxshi samaralar berishi qayd etildi. Shuningdek, viloyatda bo‘lajak saylovga ko‘rilayotgan hozirlik va ommaviy axborot vositalarining saylov jarayonlaridagi huquqlari xususida atroflicha fikr almashildi. Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.