FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi qoshidagi Sardorlar kengashi a’zolarining “Sardorlar forumi” har galgidan o‘zgacha, ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
Dastavval, 14 ta tuman va shahardan tashrif buyurgan 250 nafar mahalliy sardor ishtirokida o‘quv seminari tashkil etildi. So‘ng har bir tuman va shahardan sardorlikka o‘z nomzodini qo‘ymoqchi bo‘lgan yigit-qizlar saylovoldi dasturlarini qisqa vaqt davomida taqdimot qildi.
[gallery-13890]
Har bir sardorning ovozi inobatga olingan holda 14 nafar hududiy Cardorlar kengashi a’zolari saylandi. Hududiy sardorlar saylovida o‘quvchilari orasidan 7 nafardan “Kamalak” va “Ittifoq” yo‘nalishlari sardorlari saralab olindi.
Saylov yakunida viloyat sardorligiga saylangan 14 nafar yoshga ishonch yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA