Surxondaryoda “Qizil kitob”ga kiritilgan 38 tup daraxtga shikast yetkazilgan
Surxondaryo viloyati prokuraturasining ma’lum qilishicha, Boysunda 51 tup daraxt noqonuniy kesilgan.
Qayd etilishicha, Surxondaryo viloyat Ekologiya va atof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi "Machay" o‘rmon bo‘limida tekshiruv olib borilgan. Tekshiruv davomida «Qizil kitob»ga kiritilgan Zarafshon archasi, shumtol, uchkad va zarang kabi jami 38 tup daraxtlarga shikast yetkazilgani aniqlangan. Buning oqibatida o‘simlik dunyosiga jami 560 million 550 ming so‘mlik moddiy zarar yetkazilgani bo‘yicha xulosa berilgan.
Mazkur holat yuzasidan Boysun tumani prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA