Surxondaryoda paxta hosili ochildi
Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi “Tilla karta” fermer xo‘jaligi dalasida paxta ochildi.
Tajribali fermer 39,9 gektar maydonda dehqonchilik qiladi. Erta bahorda 18 gektar yerga “Jondor qudrat” navli g‘o‘za urug‘ini qadab, bu yilgi murakkab ob-havo sharoitida ham mo‘l hosil yetishtirmoqda. Nihollar sinalgan agrotexnik tadbirlar asosida parvarishlanayotgani, baravj rivojlanayotgan g‘o‘zalarga sharbat usulida, 11 gektar maydonda esa tomchilatib sug‘orish texnologiyasi asosida obi-hayot berilayotgani hosilning erta pishib yetilishida muhim omil bo‘layotir.
Joriy yilda viloyat paxtakorlari 72 ming 270 gektar maydonda g‘o‘za parvarishlab, mo‘l hosil to‘plamoqda.
Xolmo‘min Mamatrayimov,
O‘zA muxbiri